Davlat xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Date:

Sog‘lik — tuman boylik deyishadi. Ammo, turmush tashvishlari, kasbi-korimiz sabab har doim ham organizmimizni bezovta qiladigan og‘riqlarga e’tibor beravermaymiz. O‘tib ketar degan xayol deya og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlarni qabul qilish bilan kifoyalanamiz. Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar hamda Angor tumani hokimligi hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani o‘zi uchun vaqt topa olmaydiganlar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Har bir davlat xizmatchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, ba’zi holatlarda esa chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berilmoqda. Jarayonga esa o‘z mutaxassisligining tajribali shifokorlari jalb etilgan bo‘lib, tashxis qo‘yishda barcha tekshiruv apparatlari xizmatga shay. Bu esa ko‘rikdan o‘tayotganlarni xursand qilib, yaratilgan imkoniyatdan mamnun bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Eng muhimi esa endilikda ulardagi ba’zi kasalliklarning barvaqt oldi olinishiga ham erishiladi.
Mana shunday tibbiy ko‘riklar viloyatimiz bo‘ylab joriy yilning 20-fevraliga qadar davom etadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...
KunTun
KunTun