Xalqaro ekspertlar Sherobodda…

Date:

Ekologiyani, yashab turgan atrof-muhitimizni asrash nafaqat o‘zimiz va atrofdagilar uchun, balki insoniyat uchun ham zarurat. Shu sababdan ham haftaning bir kuni “avtomobilsiz kun” etib belgilash targ‘ib qilinsa, mevali va manzarali ko‘chatlar ekish aksiyasi orqali esa dunyoni yashillikka burkashga urinyapmiz. Jonzotlarni, daraxt-butalar-u o‘simliklarning himoyasiga kirishamiz. Maqsad esa aytganimizdek bitta — dunyoni, tiriklikni asrash. Bu borada nafaqat davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan, turli loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bahonasida kelgusi avlodlarga meros qoldiradiganimiz ekologiyani sof holda qoldirishdir.
Tabiat resurslari vazirligi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Yashil makon umummilliy dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovasion moliyaviy yechimlar va bosh rejani ishlab chiqish” loyihasi doirasida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha bo‘yicha xalqaro ekspertlar Sherobod tumaniga sharif buyurdi va amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida yangi 100 gektardan iborat bo‘lgan (Termiz shahar, Termiz, Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida) yashil belbog‘, yashil bog‘, yashil jamoat parklari tashkil qilinmoqda. Jumladan, Sherobod tumanining “Majnuntol” mahallasida 6 gektardan ortiq maydonda yashil bog‘ tashkil etilib, unda 9 turdagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Ushbu bog‘lar bir necha yil ichida gurkirab yashnaydi. Daraxtlari soya berib, tuman ahlining munosib xordiq chiqarishiga xizmat qilish bilan birga atrof-muhitdagi zararli gaz va tutun, chang-g‘uborlarni yutib, havoni filtrlab bera boshlaydi.
Tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar ushbu masalada tuman hokimi Z.Xalilov bilan suhbatda bo‘lib, kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashishdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun