Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Date:

O‘zgalarga mehr-shafqat, muruvvat ko‘rsatish o‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan. Doimo yordam qo‘lini cho‘zib, yuksak insoniylik tuyg‘ularini namoyon etishimiz bilan har qancha maqtansak arziydi. Bu safar ham o‘zbek xalqi qo‘shnisining boshiga tushgan ko‘rguliklarga jim qarab turmadi… Erta tongdan BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi, Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi O‘zbekiston hukumati ko‘magida Termiz shahridagi xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi orqali Afg‘onistonga navbatdagi beg‘araz yordamini jo‘natdi.
48 mingdan ortiq ko‘rpa (odyal)-to‘shakdan iborat beg‘araz yordam yuki ortilgan 12 ta avtomashina “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Mozori Sharif shahriga jo‘nab ketdi.
BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi O‘zbekiston ko‘magida Afg‘onistonda mavjud 34 viloyatdagi 5 million 900 ming kishiga asosiy ehtiyoj buyumlari va moddiy ko‘mak, shuningdek, huquqiy himoya va integratsiya bo‘yicha yordam bergan.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

2 mingdan ortiq shtat qisqartiriladi

Prezidentning yangi farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-noyabrdan ijro hokimiyati tizimida...

Boysunlik yigit sovrindorlar safida

Surxondaryolik dzyudochi, Boysun tumanining faxri Samariddin Muxibiddinov Peru poytaxti...

Maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Prezidentning 2025-yil 4-oktabrdagi PF–180-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan chet...

Xazon yoqqan jarima toʻlaydi

Dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalar yoki oʻsimliklarning boshqa...
KunTun
KunTun