“Yolg‘izligimni sezdirmay…”

Date:

Hayot yo‘llari bir tekis emas. Turli sinovlar, mashaqqatlarda sinashta bo‘lamiz. Shahlo Safarova ham ana shunday sinovlardan, mashaqqatlardan o‘tib, hayotining eng yorqin kunlarini qarshi olayotganidan mamnun. U “Mehr daftari”da ro‘yxatda turadi. Qachonlardir ota-onasi yo‘qligidan qayg‘uda bo‘lgandir, ammo u tushunib yetgan bir haqiqat ham bor. U yolg‘iz emas, uning boshini silaydigan, otalarcha g‘amxo‘rlik qiladigan Vatani — O‘zbekiston bor. Hech bir davlatda farzandlariga bu qadar g‘amxo‘rlik qilinmasa kerak, deb o‘ylaydi Shahlo.
O‘tgan yil Shahlo uchun omadli kelib, berilgan imtiyoz sabab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga o‘qishga qabul qilinganligi haqidagi sertifikat topshirilgan va talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan edi.
Kuni kecha esa Oltinsoy tumanidagi “Okean” to‘yxonasida Shahlo Safarovaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. To‘yga tuman hokimligidan mas’ullarning tashrifi kutilmagan voqea bo‘ldi. To‘yga kelganlar quruq qo‘l bilan emas, sovg‘a-salomlar bilan kelishdi, ya’ni Shahlo uchun ajratilgan tikuv mashinasi hamda averlogi tantanali ravishda topshirildi.
—Меn tumanimiz rahbarlaridan juda minnatdorman, — deydi sevinch ko‘z yoshlarini yashira olmagan Shahlo Safarova. — Bu to‘y men uchun qo‘shaloq bayramga aylandi. O‘zbekiston farzandi bo‘lganligim menga doim g‘urur va faxr bag‘ishlaydi. Meni yolg‘izligimni sezdirmay kelishmoqda. Prezidentimizga, tuman hokimligiga ming rahmat.
Katta hayot ostonasida turgan Shahlo berilgan imkon va imtiyozdan, g‘amxo‘rlikdan kuch olib, bildirilgan ishonchni oqlashni maqsad qilgan. Yurt koriga yaraydigan farzand, kerakli kadr bo‘lish bilan birga jamiyat hayotimizda oila muqaddas dargoh ekanini, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni naqadar katta ekanini o‘zi, turmushi misolida ko‘rsatib beradi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun