Nemislar fotoelektr stansiya quradi

Date:

Quyosh fotoelektr stansiyalari (QFS) — ekologik toza, xavfsiz va ekonomik tejamkor stansiya hisoblanadi. Quyosh nurlari quyosh panellari (fotoelektrik oʻzgartirgich)ga tushadi, quyosh nurlari doimiy tok (foydalanish uchun noqulay) koʻrinishiga aylantiriladi va akkumulyator batareyalarida saqlanadi. Invertor yordamida doimiy tok oʻzgaruvchan tokka (biz uchun odatiy 220 V) aylantiriladi va elektr tarmogʻiga uzatiladi.
Ayniqsa, quyosh fotoelektr stansiyalari elektr uzatish liniyalaridan uzoqda joylashgan obyektlar uchun toʻliq elektr energiya manbalariga aylanishi mumkin. Aholi yoki fermer xoʻjaliklari uchun maxsus fotoelektrik stansiya oʻrnatish orqali elektr energiyasi bilan taʼminlash mumkin. Oʻzbekistonda quyosh elektrostansiyalari qurilishi Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida rejalashtirilgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi, Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi hamda Germaniyaning “Graess Energy Uzde” kompaniyasi o‘rtasida Jarqo‘rg‘on tumanida innovatsion fotoelektr stansiyasini barpo etish yuzasidan erishilgan kelishuvni sohada tashlangan katta qadam deyish mumkin. Aytish kerakki, qiymati 500 million AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu innovatsion fotoelektr stansiyasi 600 MVt quvvatga ega bo‘ladi. Loyiha ishga tushgach esa aholi elektr energiyasidagi uzilishlar haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun