“YILIGA 12 MING TONNA UN IShLAB ChIQARAMIZ…”

Date:

Dollar kursi ko‘tarildimi, bu albatta, narx-navoga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ayniqsa, eksport qilinadigan mahsulotlarimiz istaymizmi yo‘qmi jahon bozorining qonuniyatlari asosida xarid qilinadi. Bu doimiy ehtiyojlarimizni qondiruvchi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan olganda har bir iste’molchini cho‘chitib qo‘yishi aniq. Ana shunday paytda o‘sha mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish orqali narxda mo‘tadillikni saqlash mumkin.

Oddiygina un mahsulotlarini oladigan bo‘lsak, Qozog‘iston Respublikasidan olib kelinadigan oliy va birinchi navli unning tan narxi tez-tez ko‘tarilib turadi. Talab va ehtiyoj sabab hamma ham unning bahosiga e’tibor bermas, ammo doimiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar faoliyatida kichik o‘zgarish ham daromadga ta’sir etadi. “Turkiy invest group” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizidagi qo‘shma korxona tomonidan qiymati 30 milliard so‘mlik loyiha Sho‘rchi tumanining “Bobur” mahallasida faoliyatini boshlaydi. Bu bilan esa yuqorida aytilgan muammo barham topishi aniq.
Istiqbolli loyihani amalga oshirish maqsadida xorijlik investor Haqqon Dulger tuman hokimi Ulug‘bek Zokirov bilan uchrashdi. Qo‘shma korxonaga qarashli 19632,5kv.m bo‘lgan omborxona, qorovulxona va ustaxona binosi qayta rekonstruksiya qilingan holda zamonaviy “Don va donni qayta ishlash” zavodi qurilishi rejalashtirildi.
—Ushbu loyihamiz amalga oshsa, 20-30 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi, — deydi korxona ta’sischisi Haqqon Dulger. – Shu bilan birga un va un mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiya yordamida yiliga 12 ming tonna un mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun