“Tashabbusli byudjet” ijrosi deputatlar nazoratida

Date:

“Tashabbusli byudjet” loyihasi joylardagi muammoli hudud va maskanlarni aholining talab va istaklariga ko‘ra qurish, obod qilish uchun mablag‘ ajratadi. Buning uchun yetarli ovoz to‘plansa bo‘lgani. Xo‘sh, inson omilining ishtirokisiz, ovoz to‘plash yo‘li bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda ishlar qanday kechmoqda? Mana shunday savollarga aniq javob topish maqsadida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Akmal Avliyaqulov loyihalarni birma-bir ko‘zdan kechirib, aniqlik kiritishga urindi.
Tekshiruv manzili Termiz tumanidagi “Yangiyer” mahallasi bo‘ldi. Ushbu mahalla yangi tashkil etilgan aholi yashash punktida joylashgan bo‘lib, hududda infratuzilma obyektlari yangidan tashkil etilgan. Mahalla hududida yangi tibbiyot muassasasi qurilsa, aholiga yanada qulaylik yaratilgan bo‘lardi. Shu maqsadda mahallada yangi tibbiyot muassasasi qurish taklifi “Tashabbusli byudjet” loyihasiga kiritildi. Ushbu taklif loyihaning birinchi bosqichida 2 205 ta ovoz to‘plab, g‘olib deb topildi va 964 million so‘m mablag‘ ajratildi. Deputat Akmal Avliyaqulov esa qurilayotgan tibbiyot muassasasida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. Zero, sarf etilajak mablag‘ manzilli yo‘naltirilmog‘i, qurilish ishlari sifatli amalga oshirilib, qurib foydalanishga topshirilajak tibbiyot muassasasi uzoq yillar xalqqa xizmat qilmog‘i lozim.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun