IT mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Date:

Kompyuterning ixtiro qilinishi IT sohasiga qo‘yilgan ilk qadam edi deyish mumkin. Axborot texnologiyalari ma’nosini anglatuvchi ushbu qisqartma so‘z bugun butun bir hayotimizni egallab oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu esa soha mutaxassislariga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Ha, 10 ta kasbning 7 tasi axborot texnologiyalari bilan bog‘liq.
Zero, axborot asrida yashar ekanmiz, zamon talablariga javob bera olish va moslashish ham shart. Haqiqatan ham bugungi jamiyatning ayni damdagi rivoji axborot va axborotlashtirish bilan bevosita bogʻliq. Ayniqsa, taʼlim tizimida uning oʻrni va roli tobora kuchayib bormoqda. Har bir davlatning iqtisodiy taraqqiyotini xohlaymizmi-yoʻqmi IT sohasini puxta oʻzlashtirgan kadrlar belgilamoqda. Oʻz kelajagi haqida qaygʻurgan har qanday davlat bu masalaga juda jiddiy yondashyapti.
Shu sababdan ham mamlakatimizda keyingi yillarda bu borada amaliy ishlarga qoʻl urilmoqda. Xususan axborot texnologiyalari sohasida oʻquv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, taʼlim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham bir guruh axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, yosh dasturchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mutaxassislar o‘zlarining yangi loyihalari hamda sohalarga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlanmalari bilan tanishtirishdi.
Viloyatda sohani rivojlantirish zarurat. Shunday ekan, yoshlarni dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga keng jalb qilish, yangi loyihalarni amalga oshirish lozim. Yig‘ilish davomida ayni masalalarda fikr almashildi. Viloyat hokimi yoshlarning bu boradagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, ularga barcha zaruriy ko‘makni ko‘rsatishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha qurilishi boshlandi

Sariosiyo tumanida maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarni bog‘cha...

Qizlarimiz kubok sohibi

Jizzax viloyatida basketbol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida...

Pasurxida shifokorlik punkti ish boshladi

Boysun tumanining “Pasurxi” mahallasida 50 qatnovga mo‘ljallangan yangi oilaviy...

Osiyo kubogida 7 ta oltin

Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida milliy sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan...
KunTun
KunTun