MA’RIFAT ULASHILDI

Date:

Tashqarida qor yog‘yapti. Mana shunday ob-havoda deraza yonida o‘tirgancha kitob mutolaa qilishga nima yetsin. Ma’naviy xordiq beruvchi mutolaa bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishning eng yaxshi yo‘li. Qolaversa, televiroz tomoshasi, turli telefon va kompyuter o‘yinlari va ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishdan ming karra afzal. Ayni shu maqsadda yoshlarni kitobxonlikka jalb qilib, turli tanlovlar, kitobxonlik kechalari tashkil etib, ularni rag‘batlantirish, ruhlantirish yosh kitobxonlar safini kengaytirishga xizmat qilayotir.
Kitobxonlikka bag‘ishlangan tadbirlar, tanlov-u kechalar vaqt, mavsum tanlamaydi. Ko‘ngilga tugdikmi, albatta, kitobga oshno qilishdek xayrli ishlarni davom ettirmoq lozim. Ana shunday maqsadni ko‘zlagan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamda Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ma’rifat ulashib” aksiyasiga start berdilar.
Yil boshidan boshlangan ezgu tashabbus bahonasida avvalida Surxondaryo viloyatidagi 7 ta “Oilaviy bolalar uylari”ning o‘g‘il-qizlari yo‘qlandi. Har bir “Oilaviy bolalar uyi”ga 100 donadan jahon va o‘zbek adabiyotining eng nodir durdonalari jam bo‘lgan kitoblar jamlanmasi sovg‘a etildi.
Jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari, munosib ta’lim-tarbiya olishlari va oila muhitida, ota-ona bag‘rida unib-o‘sib kelayotgan qora ko‘zlar uchun ushbu kitoblar jamlanmasi eng qimmatli va kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Bolalar bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan quvonib, mehmonlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Kitobga, o‘qib o‘rganishga tashna bolajonlar shu onning o‘zida kitoblarni varaqlab, o‘qishga tutindilar.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun