Telemuloqot tashkil etildi

Date:

Askar bo‘lishni, harbiy xizmatga borishni bolalikdan orzu qilmagan bola bo‘lmasa kerak. Ana shunday orzulari maqsadga aylangan mard o‘g‘lonlar bu kun yigitlik burchini o‘tash maqsadida qo‘shni viloyatlarda harbiy xizmatda.
Vatan oldidagi burchni muqaddas sanaganlarga oila, ota-ona va yaqinlari sog‘inchi sabr va e’tiqodni mustahkamlaydi. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun ham vijdonan, sidqidildan xizmatni o‘tashayotir, berilgan har bir topshiriqni sabot bilan bajargani uchun ham yuzi yorug‘. Farzandlari harbiy xizmatni o‘tayotgan ota-ona istagan paytida nuridiydalari bilan diydorlasha olmaydi. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Surxondaryo va Samarqand viloyati hokimliklari hamkorligida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugining Termiz, Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonlarida muddatli harbiy xizmat burchini o‘tayotgan askarlar hamda ularning ota-onalari, yaqinlari uchun teleko‘prik tashkil etildi.
“Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati o‘tkazilgan tadbir “Mening farzandim yurt himoyachisi va armiya ilg‘ori, mahallamiz iftixori” mavzuyiga bag‘ishlandi.
Telemuloqotda samarqandlik va surxondaryolik ota-onalar harbiy xizmatni o‘tayotgan farzandlari bilan diydor ko‘rishdilar. Hol-ahvol so‘rashib, qalblari quvonchga to‘ldi. Askarlar harbiy xizmat chog‘ida maʼnan va jismonan toblanib, erishgan yutuqlari xususida faxr bilan so‘z yuritdi. Tashkil etilgan ushbu teleko‘prik orqali bo‘lgan diydorlashuv ko‘ngillarga g‘alayon ko‘targan sog‘inch tuyg‘usining hovurini bosgandek bo‘ldi. Barcha tashkilotchilarga mana shunday tashabbus uchun minnatdorlik izhor qildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhimi ishtirokmi?

Sport inson hayotining mazmuniga aylansagina, u muhim ahamiyat kasb...

«O‘tkan kunlar» arab tilida

Jahon adabiyotida o‘zbek adabiyotining ham o‘z o‘rni borligini o‘zbek...

IIB xodimlariga planshetlar topshirildi

Bugungi kunda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish va mahallalarni...

Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryoda

Ayni vaqtda qoʻshni Afgʻoniston ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya...
KunTun
KunTun