Qumoy topib olindi

Date:

O.R Sangardak tog‘laridan kasal qushni topib oldi. Sariosiyo tumanining “Afrosiyob” mahallasida yashovchi do‘sti M.Oga parvarish qilish uchun olib keldi. Bu qush qumoy bo‘lib, yirtqish qushlar sinfiga mansub. Demak, o‘z-o‘zidan ayonki, bu yovvoyi qushni uyda, xonaki ravishda saqlash mumkin emas.
Shu vaqtning o‘zida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qumoy (oqbosh) aholi xonadonlarining birida saqlanayotgani aks etgan videomurojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va Milliy gvardiyalari boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlarda qumoy Sariosiyo tumanining “Afrosiyob” mahallasida yashovchi fuqaro M.Oning uyida saqlanayotgani aniqlandi. Mutaxassislar fuqaro bilan tushuntirish ishlarini olib borishganidan so‘ng, fuqaro qumoyni o‘z ixtiyori bilan davlat inspektorlariga topshirdi.
Qumoyning sog‘lig‘ini tekshirish va unga kerakli bo‘lgan parvarishlarni qilish uchun vaqtinchalik Termiz hayvonot bog‘ining veterinar xodimlariga topshirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...
KunTun
KunTun