Bobotog‘da zamonaviy savdo majmuasi ish boshladi

Date:

Ro‘zg‘orning kam-ko‘stini to‘ldirish uchun bozorga otlanamiz. Ba’zan bozor uyimizdan uzoqroq manzilda joylashgan bo‘lsa, yonverimizda joylashgan do‘konlarga borib qo‘yaqolamiz. Ammo, bozordagi bozor-o‘charimiz hamyonbop va barakali bo‘ladi. Uzun tumanining Bobotog‘ hududidan bozorning uzoqligi hudud ahlining ta’bini xira qilar edi. mutasaddi tashkilotlar va ishbilarmon tadbirkorning tashabbusi bilan Bobotog‘da ham yangi savdo majmuasining ish boshlagani ayni muddao bo‘ldi.
Endi qishloq ahli bir necha kilometr bosib bozor izlamaydi. Savdo majmuasida izlangan barcha oziq-ovqat, kiyim-kechak va ming bir mahsulotni toppish mumkin. Asosiysi bu mahsulotlar archon va sifatli.
“Uzun Oqmachit Agro” q/k MCHJ rahbari Farrux G‘ulomov tomonidan barpo etilgan “Ne’matullobobo” savdo majmuasi tadbirkorlar va xalqimiz manfaati uchun xizmat qilyapti. Talabga yarasha taklif etilayotganlaridan xalq ham mamnun.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogoh bo‘ling!

Mart oyi FVV tizimida sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan...

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...
KunTun
KunTun