Qudratullo Latipov o‘z yashash uyiga ega bo‘ldi

Date:

Hammaning ham o‘z oilasi, yaqinlari, qo‘nim topgan makoni bo‘lsin ekan. Aks holda hayotning sinovlari, ming bir chig‘iriqlaridan o‘tishi, sinashta bo‘lishi hech gap emas. davlat esa bunday bolalarni yolg‘izlatib qo‘ymayotgani esa ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlarida turtki bo‘lyapti.
Qudratullo Latipovning esa bugun quvonchi cheksiz. Qalbi shodlikka to‘lganini ko‘zlari-yu so‘zlari isbotlab turibdi. U bugun yolg‘iz emasligini, Vatani kamarbasta ekanini qalban his etdi. Bu yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktyabrdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi qarori dasturil amal bo‘lib xizmat qildi. ushbu qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Qudratulloga tumanning “Afrosiyob” mahallasi Binokor ko‘chasi joylashgan uyning 2-qavatidan 3 xonali yangi va zamonaviy koʻp qavatli uy-joyning ramziy kaliti va hujjatlari masʼullar ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
– Uyli bo‘lish hissi boshqacha bo‘lar ekan, Hayajonim cheksiz. Xuddi katta bir xazinaning ega bo‘lgandek taassurotdaman. Ishonaman, yangi uyimda hayotimning eng baxtli va quvonchli lahzalarini o‘tkazaman. Uyli bo‘lishimda xizmatini ayamagan tuman hokimligidan, muhtaram Prezidentimizdan minnatdorman.
Endi Qudratullo o‘z uyida bekam-u ko‘st, farovon hayot kechiradi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun