Planshetlar tarqatildi

Date:

Zarur texnika va axborot texnologiyalarsiz hech bir sohadagi faoliyatni tasavvur etib bo‘lmaydi. Tizimlarda raqamlashtirish, hujjatlarning elektronlashuvi, albatta, globallashuvni, moslashuvni talab etadi.

Mahallalarda faoliyat yurituvchi xotiq-qizlar faoli ham faoliyati davomida “Ayollar daftari”ni yuritishda, masofadan turib hisobotlar taqdim etishda, onlayn yig‘ilishlarda ishtirok etishda planshet ishlatishi zaruratga aylangan va shu kichik apparat faollar uzog‘ini yaqin, muammosini zumda hal etishi bilan ahamiyatli.

Shu sababdan ham Uzun tuman hokimligi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi 300-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi grant mablag‘lari hamda Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan Uzun tumani hokimining o‘rinbosari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Gulboyeva boshchiligida 51 nafar mahalla xotin-qizlar faollariga planshetlar tarqatildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun