KASB BAYRAMI NISHONLANDI

Date:

Egnida yulduzchali pagoni bor ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rgan bola borki, katta bo‘lsa, xuddi shunday libos kiyib, ona Vatanga xizmat qilish haqida orzulanadi. Bu libosning, bu pagonning o‘z mas’uliyati, sharafli burchi bor. Bu burchni vatanning mard o‘g‘lonlari sidqidildan ado etishga bel bog‘lashgan. 25-oktyabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni. Bu kunni soha xodimlari alohida xursandchilik bilan bayram sifatida nishonlaydi. Bu kunda munosib xizmatda bo‘lganlar e’tiborga tushadi, e’tirof etiladi.

Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida ham sana munosabati bilan soha xodimlariga bag‘ishlangan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimi O‘.To‘rayev so‘zga chiqib, o‘z hayotini el-yurt tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan mard va sadoqatli, vatanparvar yurt posbonlari sha’niga samimiy tilaklar bildirdi.

Tilaklarga ulanib ketgan ajoyib kontsert dasturi esa bayramga o‘zgacha fusun va tarovat bahsh etdi. Shahar madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa tadbir ishtirokchilarini raqsga chorladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun