Chori Jumayev — “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi

Date:

Bir bolaga yetti mahalla bosh naqliga amal qilgan yoshi ulug‘ oqsoqollarimiz pur-ma’no fikrlari, nasihatlari bilan sharqona madaniyatni, milliy mentalitet va qarashlarimizning qadr-qimmatini, ahamiyatini ko‘rsatib beradi. To‘g‘ri-da, yuzida yillar o‘z tasvirini ko‘rsatgan, ko‘pni ko‘rgan bobolarimizning aytganlarini qulog‘imizga tumor qilsak, kam bo‘lmaymiz. Tarbiyada, yoshar kamolotida mana shunday yondashuvning borligi ham eng katta yutug‘imiz aslida. Mana shunday ezgu qarashlarni, qadriyatlarni davom ettirish maqsadida mahallalarda yoshlarning tarbiyasi uchun nuroniy otaxon va onaxonlarning mas’ul etib qo‘yilgani, ularning xizmatidan, nasihatlaridan foydalanish an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Joylarda bu ishlarning qanday tashkil etilganini ko‘rsatish maqsadida esa “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” respublika ko‘rik-tanlovining tuman, shahar va viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tgan, munosib nomzodlar saralangan edi. Tanlovning respublika bosqichi esa Samarqand shahrida bo‘ldi. Har bir qarordan hislat izlagan holda qadimiy va ko‘hna shaharga otlangan hududiy bosqich g‘oliblari Samarqand ziyoratini ham ko‘ngilga tugishdi.
Ko‘rik-tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan nuroniylar uch shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bilimlarini, boy tajribalarini, nechog‘lik notiq ekanliklarini ishga solishdi. Surxondaryolik otaxon Chori Jumayevning ishtiroki, aytganlari barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Yakunda Ch.Jumayev 1-o‘ringa munosib ko‘rildi va 27 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
— Biz yoshi ulug‘larni-da bellashtirishib, munosib rag‘batlantirayotgan davlatimizga, yurtboshimizga ming rahmat, — deydi tanlov g‘olibi Ch.Jumayev. — Bu bizni yanada javlon urib ishashga, bildirilgan ishonchni oqlashga undaydi, kuch beradi. Bizga qaratilayotgan e’tibor sabab, nafaqadan so‘ng mahalla bilan hamjihatlikda yoshlar bilan ishlayapmiz. Bekor o‘tirmasdan doimiy harakatdamiz. Yosh o‘g‘il-qizlar kerakli yo‘l-yo‘riqilarimiz bilan o‘z yo‘lini topishyapti.
Samarqanchlik Solijon Xudoyorov 2-, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Nurmuxamed Tleumuratov esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildi. Hududlardan tashrif buyurgan har bir nuroniyga faol ishtiroki va alohida yutuqlari uchun tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun