“Ekologik qonunlarni bilasizmi?”

Date:

Atrof-muhit muhofazasiga har birimiz mas’ulmiz. Tabiatga, undagi jamiiki jonzotlar, hodisalarga bee’tiborlik faqat va faqat o‘zimizga ziyon tarzida qaytib keladi. Qonunlardan boxabar bo‘lishlik esa bizda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga ko‘mak beradi. Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida “Ekologik qonunlarni bilasizmi?” mavzusi yuzasidan seminar tashkil etilgani talabalar o‘rtasida xabardorlik hissini oshirishda bir yo‘lchi belgi bo‘la oldi, desak yanglishmaymiz.

Seminarda boshqarma boshlig‘i R.Safarova, Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i H.Aralov, Yer, suv resurslari va yerosti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi X.Doniyorovalar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar ustoz-shogird an’analariga amal qilgan holda o‘sib kelayotgan yangi avlodga ekologik muammolar xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Mazkur seminar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining ekologik huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘makchi bo‘libgina qolmay, shu bilan bir qatorda ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida ham xizmat qildi. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi va boshqa bir qancha mavzularda fikr-mulohazalar yuritilib, mazkur soha doirasida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berib borildi. Qonunlarning mazmun-mohiyati hayotiy misollar yordamida yoritib berilgani esa seminarning yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlab berdi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun