BIR GURUH MAHKUMLAR MANZIL-KOLONIYASIDAN OZOD ETILDI

Date:

Kechirimlilik, insoniylik xalqimizga xos xislat. Muhimi, insonlar aybidan, qilmishidan munosib xulosa chiqargan bo‘lsa, ikkinchi imkonga munosib ko‘riladi. Ayniqsa, ulug‘ ayyom kunlarida amalga oshirilgan bunday savobli ishlar nafaqat o‘zgalarni, balki o‘zimizning ko‘nglimizni-da, quvonchga, nurga to‘ldiradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudi tomonidan 41-son manzil koloniyasida sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda manzil-koloniyasi ma’muriyati tomonidan taqdim etilgan taqdimnomalar va ish hujjatlari o‘rganib chiqildi. Insonparvarlik tamoyiliga tayanilib hamda Mustaqilligimizning o‘ttiz bir yilligi bayrami munosabati bilan jazo muddatini o‘tash davrida mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, koloniya ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan tartib qoidalarga rioya qilgan, o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan, sodir etgan jinoyatining oqibatlarini to‘la anglab, tuzalish yo‘liga o‘tib, bundan o‘zlariga tegishli xulosa chiqargan 17 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazo muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 74-moddasiga asosan yengilroq jazo turiga almashtirildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun