“Xatolardan holi xizmatni yaratish mumkin…”

Date:

Davlat tashkilotlarida o‘z haq-huquqini bilib, uni anglovchilar faoliyat yuritgandagina bu boshqaruv tizimini haqiqiy demokratik tamoyillarga asoslangan deyish mumkin. To‘g‘ri-da, o‘z huquqini to‘la bilgan shaxs majburiyatlarini ham his qiladi, anglaydi. Boshqacha qilib aytsak, bundaylar og‘zidagi oshini birovga oldirib qo‘ymaydi.

Prezidentimiz joriy yilning 8-avgust sanasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni imzolaganidan xabaringiz bor. Ushbu qonun mazmunini keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi raisi Ibrohim Yoqubov rahbarligida seminar tashkil etildi.
– Ma’lumki, yaqindagina davlat xizmatchilariga tegishli qonun qabul qilindi. Ushbu qonun, albatta, bugungi kunda xalqimizni qiynab kelayotgan ayrim muammolarga yechim topib berishga ko‘maklashibgina qolmay, kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqib, shaxslarning talablarini bajarishga ham qaratilgan. O‘ylaymanki, bu qonun kelajakda xalqimizning xohish-istaklarini to‘la ta’minlaydigan qonun bo‘ladi, – deydi partiya raisi Ibrohim Yoqubov.

Tadbir qonunni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkillashtirilgan bo‘lib, Viloyat adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi hamda viloyatimizdagi tashkilotlarning vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Seminarda viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Q. Ulug‘ov so‘zga chiqib, qonunning mazmunini batafsil izohlab berdi. Ayniqsa, KPI xizmati xususida alohida to‘xtalib, ushbu xizmat mazmuniga ko‘ra endilikda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi alohida belgilab borilishi haqida ma’lumot berdi.
Kamchiliksiz mukammalllikka erishib bo‘lmaydi. Faqat bu nuqsonlar haqida o‘z vaqtida ma’lumotga ega bo‘lib, tuzatib borilsa, xatolardan holi xizmatni yaratish mumkin bo‘ladi. Savollar orasida ba’zi davlat xizmatlari tizimidagi xatoliklar haqida ham gapirildi.

– Ma’lumotlarimni xizmat portallariga joylashtirganimda ba’zi xatolar paydo bo‘ldi. Bo‘sh qolgan joylarni to‘ldirib, kamchiliklarni to‘g‘irlashga harakat qilsam ham imkoniyati bo‘lmadi, – deydi seminar ishtirokchisi A’zam Qo‘ziboyev.
Seminar tashkilotchilari ushbu savolga o‘rinli javob berib, yangi kamchiliklardan holi tizim yaqin kunlarda ishga tushirilishini ta’kidlab o‘tdi. Seminar qizg‘in savol-javoblar bilan birga takliflarga ham boy bo‘ldi.

D.Otaqulova,
N.Muhibulloyev
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun