“Toza havo” oyligining 2-bosqichi start oldi

Date:

Erta tongdan ko‘chaga chiqishimiz bilan ko‘zimiz tushadigan odatiy manzara – barcha o‘z yumushlari bilan piyoda yoki ulovda shoshayotgan bo‘ladi, bir so‘z bilan aytganda hayot qaynaydi.
Ish o‘z nomi bilan ish-da. Davlat va nodavlat tashkilotlari, zavod, fabrika, sanoat korxonalarida ham doimiy ishlar boshlanadi. Hech o‘ylab ko‘rganmizmi, ayni o‘sha korxonalardan chiqayotgan tutun, o‘tkir hid atmosfera havosiga tarqalar ekan, qanchalik zarar keltiradi? Yetmaganiga mashinamizdan chiqayotgan tutunchi? Ayniqsa, bu barcha mashinalarni qo‘shib hisobga olganda, ekologiyaga turgan-bitganimiz zarar bo‘lib chiqadi. Yo‘q, yo‘q, bu bilan o‘zimizga, yaqinlarimiz va farzandlarimizga-da zarar qilyapmiz. Sababi, ayni shu havodan ular ham nafas oladi, zahar yutadi. Keyingi bosqichlarni tasavvur qilavering…

Muammoga munosib yechim topish, uni bartaraf etishga bosh qotirmoq zarur. Axir, O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan va uning 1-moddasida atmosfera havosi tabiiy resurslar tarkibiga kiritilganligi va davlat tomondan muhofaza qilinishi bayon etilgan.
Birgina Surxondaryo viloyati misolida oladigan bo‘lsak, atmosfera havosiga jami tashlanadigan tashlamalarning 95 foizi harakatlanayotgan transport vositalaridan hosil bo‘lmoqda. Atmosfera havosiga belgilangan me’yor darajadan yuqori zararli tashlama tashlovchi transport vositalarini aniqlash hamda ushbu transport vositasi haydovchilariga targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishilgan holda viloyatimiz hududida joriy yilning 10-avgustdan 10-sentyabr kuniga qadar “Toza havo” oyligining 2-bosqich tadbirlari o‘tkazilayotir.

Maqsad bitta – harakatlanayotgan transport vositalaridan atmosfera havosiga tashlanadigan zararli tashlamalar miqdori belgilangan me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi yoki me’yor darajadan ortiq ekanini aniqlab, holatning oldini olish. Mas’ullarning bu boradagi sa’y-harakatlari sabab zora fuqarolar sergaklansa va mas’uliyatni his etishsa…

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uloq-ko‘pkarida g‘oliblar aniq

"Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani "Qo‘shtepa" mahallasi...

15-martdan 15-aprelgacha…

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha...

Polvonlar boʻsh kelmadi

"Navro‘z" umumxalq bayrami sayllari doirasida Sherobod tumanidagi "Sport arena"...

Bayramga bayramona tuhfalar

Navroʻz qalblarga ezgulik, quvonch ulashib keladi. Ayni ayyom arafasida...
KunTun
KunTun