Yapon ayollari milliy hunarmandchiligimiz an’analarini o‘rganmoqda

Date:

Nafis matoga tushirilgan naqshlar, tanlangan ranglar ajib ma’no kasb etgandek bo‘ladi. Ha, har bir naqshning o‘z ma’nosi bor. Ular egnimizda bo‘lganida husnimizga husn qo‘shadi. Do‘ppilar, jamalag-u qo‘shimcha aksessuarlar esa ko‘rgan ko‘zni quvnatishi aniq. Surxon zaminiga, ayniqsa, Boysunga yo‘li tushgan sayyoh va mehmonlar borki, ayni shu kashta-yu so‘zanalarimizga mahliyo bo‘lib, ularni xarid qilmay ketishmaydi.

Milliy mahsulotlarimiz aslida millatimizni, yurtimizni, qadriyatlarimizni dunyoga tanitishda eng yaxshi vosita bo‘lib xizmat qilyapti. Shuning uchun ham milliy hunarmandchiligimiz o‘lmaydi, ayollarimiz qo‘llarida sayqal topib, yanada jilolanadi. Ayni o‘sha mehr va muhabbat ila ushbu naqshlar yapon ayollarining-da ko‘nglidan joy olgan bo‘lsa, ajab emas. Do‘ppilarimiz, so‘zana-yu kashtalarimizning yaratilishiga qiziqish bildirgan “Yaponiya-O‘zbekiston” assotsiatsiyasi rahbari Yoshiko Kavabata tashabbusi bilan 1 yarim yildan buyon boysunlik qo‘ligul hunarmand ayollar Malika Podshoyeva va Nilufar Jo‘rayeva tomonidan yapon ayollari uchun onlayn tarzda mahorat darslari, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinayotir. Natija esa yomon emas. Qo‘llari kelishib qolgan yapon shogirdlar bugungi kunda o‘zlari ham bemalol matoga naqsh tushirishyapti. Ikki millat san’atini birlashtirib yaratgan namunalar esa e’tiborni tortmay qo‘ymaydi.

Ushbu yo‘nalishdagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti professori Yoshiko Kavabata boshchiligidagi delegatsiya Boysun tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlarning aytishiga qaraganda joriy yilning oxiriga qadar Tokio shahrida Boysun so‘zanachiligi kunlarini o‘tkazilar ekan. Bu bo‘yicha amaliy harakatlar esa allaqachon boshlab yuborilgan ekan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun