Yutuqlari bardavom bo‘ldi

Date:

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq bobolarimizning o‘gitlari misol quloqlarimizdan kirib, qalbimizga singigan. Bu fikrlar endigina unib-o‘sib kelayotgan yoshlar uchun qanday ahamiyat kasb etadi? Bu kurash qanday kurashki, yomonlik ustidan yaxshilik, yovuzlik ustidan ezgulik tantana qiladi. Tasavvur olamida qanday o‘zgarishlar hosil qiladi? Tumanlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tashkil etilgan rasmlar tanlovida ishtirokchi yoshlarning tasavvur olami ko‘nglida kechayotgan tuyg‘ular bilan qorishib, bir butunlik hosil etdi. Oq qog‘ozda bo‘yoqlarning tilga kirib so‘zlayotgan falsafasi ana shunday tuyg‘ular haqida hikoya qilayotganga o‘xshaydi.

Tanlovning viloyat bosqichi ham o‘quvchi-yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.
Qo‘llariga mo‘yqalam tutib, xayolotidagi ajib manzarani oqqa ko‘chirishni boshlagan ishtirokchilarni tomosha qila turib, ularga halal berishdan qo‘rqayotgan tomoshabinlar bir chetda turib kuzata qolishdi.
Ijodiy ishlar esa ma’no va mazmun jihatidan a’lo. Ammo, g‘olib, munosib nomzodni e’tirof etish shart. Boysun tumani 1-son maktabining 8-sinf o‘quvchisi Umidjon Rofiyev esa ana shunday nomzodlikka munosib topildi. Ko‘ramiz, kuzatamiz va ishonamiz, yosh rassom tanlovning respublika bosqichida ham yuqori natijani qayd etadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tezkorlik sinovdan o‘tdi

Bandixon tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholining xavfsizligini ta’minlash...

Nazorat yanada kuchayadi

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining...

Iqlim o‘zgarishi: yoshlar jim emas

Bugungi kunda yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga...

Maktabda maslahatlashamiz yoxud yoshlar kelajagini shakllantirayotgan yangi tizim

Ba’zan insonni ortga tortayotgan narsa iste’dodsizlik emas, aksincha, o‘z...
KunTun
KunTun