“Azaliy va abadiy bir xalqmiz”

Date:

Surxondaryo tajribasi bo‘y ko‘rsatayotgan Taxiatosh tumanida bu kun hayot tarzi, turmush sharoit ham tubdan o‘zgargan. Har bir sohaga qilingan e’tibor, albatta, o‘z natijasini beryapti.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi orqali barcha jabhada o‘zgarishlar qilishga e’tibor qaratgan. Albatta, taxiatoshlik bolalar ham yoddan ko‘tarilgani yo‘q.
Kuni kecha Taxiatoshda ta’lim-tarbiya olib kelayotgan bilimli, iqtidorli va iste’dodli yoshlar Termiz temiryo‘l vokzalida kutib olingan edi.

Qadimiy Termizga ilk qadamlarini tashlagan bolalarning nigohida hayajon. Katta taassurotlar tuyishni ko‘ngillariga tugib kelgani aniq.
Ular shu chog‘ning o‘zida “Beshbuloq-Surxon-Sherobod” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yo‘l olishdi. Aytish kerakki, oromgoh tashkilotchilari bolalarning maroqli dam olishlari uchun maxsus dastur rejasini ishlab chiqishgan bo‘lib, o‘nga yaqin to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Turli mashg‘ulotlarlar, sport o‘yinlari va musobaqalari, ko‘ngilochar tadbirlar o‘g‘il-qizlar vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.
102 nafar taxiatoshlik 7-14 yosh toifasidagi bolalar oromgohga keliboq surxondaryolik tengdoshlari bilan do‘stlashib ketishdi. Tanishuv Surxon davlat qo‘riqxonasida “Azaliy va abadiy bir xalqmiz” mavzusidagi ko‘ngilochar tadbirga ulanib ketdi.

Haqiqatan ham azaldan bir xalq bo‘lib kelgan o‘zbek va qoraqalpoqliklarning maqsad va orzulari mushtarak. Tadbirda ana shu mushtaraklik, qon-qarindoshlik rishtalarining nechog‘lik mustahkamligi ochib berildi. Taxiatoshliklar uchun bu tadbir surxonliklarni, urf-odatlarimizni tanishtirish tadbiri bo‘ldi.
Ayniqsa, tabiiy boyliklarimiz, tabiatimiz, Surxon davlat qo‘riqxonasi moddiy obyektlari haqidagi ma’lumotlar, savol-javob tarzidagi qiziqarli shartlar mehmonlarni ham faollikka chorladi.
Alpomishlar yurtining dostonchilik, baxshichilik an’analari, aytimlari tomoshabinlar e’tibori va mehrini qozondi. Uchrashuv kuy-qo‘shiqqa, sho‘x raqslarga ulanib, bolajonlar qalbida ajoyib bayram kayfiyatini uyg‘otdi. Ha, taxiatoshlik bolalar Surxondaryodagi ta’tilni uzoq muddat eslab qolishi aniq.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun