Tejalgani – boylik!

Date:

        Joriy yilning 10 iyunida Prezidentimiz rahbarligida  “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” mavzusida kengaytirilgan yig’ilish o’tkazilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga doir topshiriq va tavsiyalar berilgandi.

       Yig’ilishda belgilangan vazifalar  ijrosini ta’minlash maqsadida  Termiz shahridagi “Movaro” sotuv ofisi binosida Surxondaryo viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi viloyati hududiy boshqarmasi va “O’zeltexsanoat” uyushmasi hamkorligida  muqobil energiya uskunalari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ko’rgazma tashkil qilindi.

     Ko’rgazmada Jizzax viloyatida Xitoy davlati ishbilarmonlari hamkorligida tashkil qilingan “Quyosh issiqlik energiyasi” qo’shma korxonasi hamda Toshkent viloyati va shahrida faoliyat ko’rsatayotgan  “NURA Group”, “ENERGY PRODUCTION TECHNOLOGIES” MCHJlar  mutaxassislari korxonalarida ishlab chiqarilayotgan  va xorijdan keltirilgan  energiya tajamkor lampochkalar, ko’chalarga o’rnatiladagan aqlli chiroqlar, 3 kilovaatdan 20 kilovaatgacha  energiya talab qiladigan uy isitish asboblari jamlanmasi, suv nasoslari dvigatellarini quvvatlantiradigan quyosh panellari, tok kuchaytirgich, uy hammomlari va oshxonani issiq suv bilan ta’minlaydigan ariston, quyosh va shamol elektr uskunalarini namoyish etib, yig’ilganlarga energiya tejamkor uskunalarning  ishlash prinsiplari va elektr tejamkor xususiyatlari xususida atroflicha  tushuncha berdilar.

—      Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan ishbilarmonlar mehmonxonasi yoki xususiy bog’chasiga muqobil energiya uskunalari o’rnatish uchun deylik, 100 million so’m talab etiladi. Ammo, ishbilarmonning mablag’i kamlik qilsa, tadbirkorlarga bank tomonidan foizsiz kredit ajratiladi, — deydi viloyat savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga biznes reja tayyorlash bo’limi mutaxassisi Kamol Abdullayev. – Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarga o’rnatilgan quyosh va shamol uskunalari uchun  quvvatiga qarab 15 million so’mgacha, suv isitish qurilmasi uchun 2 million so’mgacha kompensatsiya to’lanadi. Yoki uskuna qiymatini uch yil davomida foizsiz va bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati yaratiladi.

          Xullas, ko’rgazma qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish, aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar afzalliklari xususida batafsil tushuncha berish maqsadida tashkil qilindi. Albatta, har bir yangilik joriy etilishida ayrim to’siq va muammolar yuzaga keladi. Lekin bugunmi-ertami energiya tejamkor uskunalardan foydalanishga har birimiz majburmiz. Chunki elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari ortib boryapti va oqibatda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan energiya narxiga ta’sirini o’tqazyapti. Bir so’z bilan aytganda, xonadonimiz, ishxonamiz, zavodimiz, fabrikamizga yetkazib berilayotgan energiyani tejash, ayniqsa, energiya tejamkor uskunalardan foydalanish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda.

Usmonali Normatov,

Naimullo Muxibulloyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun