Bobotog‘dagi yopilib qolgan yo‘llar tozalandi

Date:

Yoshi ulug‘larimiz qo‘llarini duoga ochishar ekan, bejizga “o‘t balosidan, suv balosidan, …” deya fikrlarini boshlashmaydi. Ofatlar, o‘t balosi ham, suv balosi ham insonni, tabiatni xavf ostiga qoldiradi. Shirin jonlarga ozor berishi, tiriklikka zarar yetkazishi hech gap emas. Ob-havo injiqliklarini, tabiiy ofatlarni insoniyat aql-u zakovati ila to‘xtatishning imkoni yo‘q ekan, demak ulardan talafotsiz chiqish yo‘llarini topib qo‘yish o‘zimiz va hayotimiz, qolaversa, ona tabiat uchun ham eng keraklisi.

Bobotog‘ hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida kelgan sel avtomobil yo‘llariga va ekin maydonlariga zarar yetkazmay qo‘ymadi. Uzun tuman hokimligi va Bobotog‘ hududida joylashgan harbiy qism hamkorligida shu kunning o‘zida sel kelishi natijasida yopilib qolgan avtomobil yo‘llari tozalandi. Tabiiy ofatning zararlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun