Bitiruvchilar ko‘ngliga qo‘l solib…

Date:

Endigina maktabni tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam tashlayotgan, qaysi kasbning etagidan tutsam, ertangi kunim nurafshon bo‘ladi, deya ming bir hadik orasida turgan yoshlarning ertangi taqdiri bilan qiziqadigan, ularning ham jamiyatda el koriga yaraydigan inson bo‘lishini doimo o‘ylab yashaydigan viloyatimiz hokimi To‘ra Bobolov doimo yoshlarning masalayu muammolariga, takliflariga quloq tutib kelayotgani barchamizga ayon.

Navbatdagi hokim va bittiruvchi yoshlar uchrashuvi qumqo‘rg‘onlik yoshlarning diliga ravshanlik olib kirgan holda, o‘ziga bo‘lgan ishonchni olib kirgan bo‘lsa ajab emas.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan mazkur uchrashuv samimiy ruhda tashkil etildi. Uhrashuv davomida qumqo‘rg‘onlik yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari va takliflarini voha rahbariga dadil-dadil ayta oldilar.

Quvonarlisi, har bir taklif va murojaatni jon qulog‘i bilan tinglagan voha rahbari yoshlarga katta umid va rag‘bat bergan holda ularning kelgusi o‘qishi, faoliyati barcha toifadagi rahbarlarning oldida turgan birlamchi masala ekanligi, yoshlar har qachon qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta’kidladi.

E’zoza Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun