Sariosiyoning “Fidoyi yetakchi”si saralandi 

Date:

Fidoyilik va mehnat, sidqidildan amalga oshirilgan ijobiy ishlar har qachon qadrlanib va rag‘batlantirilib kelingan. Endigina ish boshlaganiga yarim yildan oshayotgan mahalla yoshlar yetakchilari o‘zlarini ham mehnati, ham tashabbuskorligi bilan ko‘rsatishga harakat qilishmoqda. Ko‘plab yoshlar taqdiriga ushbu lavozim egalari ta’mal toshini qo‘yayotgani ham, ayrim yoshlarning hayotida tub burilish yasayotgani ham bor gap.

Yoshlar ishlari agentligi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamkorligida “Fidoyi yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining Sariosiyo tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik tanlovda mahallalardagi yoshlar yetakchilari 4 ta shart, ya’ni “Yoshlar siyosat bilimdoni”,  “Samarali faoliyat”, “Innovatsion ijtimoiy loyiha” shuningdek, “Iqtidor va iste’dod” shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin “Madankon” MFY yoshlar yetakchisi Shamsiddin Fatxullayevga nasib etdi. 2-o‘rinni “Shahriobod” MFY  yoshlar yetakchisi Alisher Pardayev, 3-o‘rinni esa “Terakzor” MFY  yoshlar yetakchisi Shoxista Meliboboyeva egalladi.

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun