Xorijga ishlash uchun imkoniyat

Date:

Termiz tumanidagi Аrxitektura va qurilish texnikumi o‘quv binosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan “Ishga taklif: talab va imtiyozlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Termiz tumanlari mahallalarida faoliyat ko‘rsatayotgan hokim yordamchilari hamda vaqtinchalik ishsiz yoshlar qatnashdi.

Аyonki, joylardagi hokim yordamchilari aholi bandligini taʼminlash va ishsiz yoshlarni ishga joylashtirishga masʼuldir. Tadbir jarayonida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali mutaxassislari hokim yordamchilari Rossiya federatsiyasi, Polsha, Germaniya, Latviya, Chexiya davlatlarining salohiyatli ish beruvchi kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun qurilish, sanoat, taʼlim-tarbiya, mehmonxona xizmati, gastronolik turizm va ko‘ngilochar istirohat bog‘laridagi ishonchli va yuqori daromadli bo‘lish imkonini beradigan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etayotgani, ushbu masala bo‘yicha ishsiz aholi bilan suhbatlar o‘tkazib, xohishmandlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida ishga yuborish tartib-talablaridan xabardor qilishdi.

Ko‘pchilikka maʼlumki, viloyat Bandlik markazi tomonidan Termiz Аrxitektura va qurilish texnikumining bir korpusida o‘quv kurslari tashkil etilib, navbati bilan vohaning 200 nafardan yoshlari uch oy mobaynida har xil kasblarni egallashga o‘qitilayapti. Tadbir yakunida hokim yordamchilari hamda kurslar tinglovchilari xorijlik salohiyatli kompaniyalarning ish beruvchilari tomonidan taqdim etilgan ish o‘rinlari va xorijga ishlashga borish uchun belgilangan talablar bilan tanishtirildi.

Usmonali Normatov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun