“Tilsiz yov”ga qarshi…

Date:

Xalqda bir gap bor: O‘t balosidan, suv balosidan, tuhmat balosidan o‘zing asra degan. Darhaqiqat, atrofga o‘t ketsa, ho‘lu quruq bab-baravar yonadi. Xoh baxtsiz tasodif yoinki qasddan sodir etilishidan qat’iy nazar sodir bo‘lgan birgina yong‘in fuqarolar uchun xavfli hisoblanadi. O‘z nomi bilan tilsiz yov deb ta’rif berilajak yong‘inlardan himoyalanish, oldini olish uni o‘chirishdan ko‘ra muhimroqdir. Bu borada mutasaddilar doim harakatda. 

Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimining xizmat va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, bilim saviyasini mustahkamlash, yong‘in o‘chirish anjomlaridan foydalanish yuzasidan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda favqulodda holatlarda yong‘in sodir bo‘lganda ulardan to‘g‘ri foydalanish tartib-qoidalari yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Sariosiyo tumani “Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi”da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha “O‘rmonzorlarda yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlar ro‘y berganda ularni bartaraf etishda FVDQT (Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi) xizmatlarining hamkorlikdagi harakati” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulot bir qancha bosqichlarda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, dastavval qatnashuvchilarga yong‘in yuz berganda qanday harakat qilish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. O‘quv mashg‘uloti davomida har bir qatnashuvchining harakatlari, amalga oshirilgan ishlar mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi hamda yakunda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish borasida ko‘rsatmalar berildi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun