“Festival Surxondaryo yoshlarini yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtira oldi”

Date:

ermiz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan viloyat festivali ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda davom etayotir. Muhtasham san’at saroyi esa ajoyib ko‘rinish aks etgan va ko‘rgazma va pavilyonlar yoshlar bilan gavjum.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham jarayonni kuzatib, tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Yoshlar va jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi.

Viloyat rahbarining tashrifi “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida birinchi sektor rahbarining yosh yigit-qizlar bilan motivatsion uchrashuviga ulanib ketdi. Yoshlar tomonidan qiziqarli savollar berildi. O‘z navbatida viloyat hokimining samimiy javobi uchrashuvga o‘zgacha shukuh va samimiyat bag‘ishladi.

Suhbat bahonasida yigit-qizlar ilm-fan, san’at va adabiyot kabi sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida ham gapirib berishdi. O‘zlarining taklif va g‘oyalari haqida to‘xtalishdi.

Kam ta’minlangan, qiyin sharoitda yashayotgan oilalar farzandlari bo‘lgan, shuningdek, eng bilimli, izlanuvchan talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ularning bir guruhiga kontrakt pulini to‘lab berish imtiyozini beruvchi maxsus sertifikatlar topshirilgani nafaqat o‘g‘il-qizlarning, balki ularning oila a’zolarining-da ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Qolaversa, viloyat hokimi bir guruh yoshlarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohati uyushtirilishida shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lishini aytganida o‘tirganlar qarsak chalib yubordi.

Ha, bir so‘z bilan aytganda ushbu festival Surxondaryo yoshlarini yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtira oldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq hududi kengaytirilmoqda

Parlament quyi palatasi majlisida “Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon...

Kimlar soliqdan ozod?

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar...

Matonati ibratdir

Muzarobotlik Gulnora O‘sarova 1-guruh nogironi. Shunday bo‘lsa-da u tinim...

Ijtimoiy muhit barqarorlashadi

Angor tumani hokimligi tomonidan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida "Yangi...
KunTun
KunTun