Kitob to‘la karvon keldi

Date:

Har bir inson hayotida qaysidir ma’noda kitobning o‘rni va ahamiyati bor, albatta. Umrida bir bor kitob ushlamagan, uning zarrin varaqlaridan duru gavhar termagan kishi topilmasa kerak. Jilla qursa qo‘limizga ilk saboqni olish ilinjida “Alifbe”ni olganimiz rost.

Bugungi kunda kitobxonlikni targ‘ib etish, aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida juda ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotgani ham ayni haqiqat.

Kuni kecha “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida boʻlib oʻtgan viloyat yoshlar festivalining ilk tadbirlari  “Kitob karvoni” loyihasi bilan boshlanganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Shahar va tumanlardagi eng olis hududlarda yashovchi yoshlarning foydalanishlari uchun mahallalardagi yoshlar yetakchilariga yetkazib beriladigan 7 ming 500 dona eng sara badiiy asarlar yuklangan kitob karvoni Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosi yonidan oʻz manzillariga qarab yoʻl olgan edi.

Hududlarga yuborilgan “Kitoblar karvoni” Qumqo‘rg‘on tumanining “Istiqlol” mahallasida ham O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi faollari, mahalladagi yoshlar hamda volontyorlar tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi.

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan eng sara badiiy asarlaridan iborat ushbu “Kitoblar karvoni” loyihasi “Istiqlol” mahallasidagi yoshlar hayotida muhim  voqealardan biri bo‘lishiga, bu ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga shubha yo‘q.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Pilla qabul qilish mavsumi boshlandi

Surxondaryo viloyatida pilla qabul qilish mavsumiga start berildi. Joriy...

“O‘zbek arsloni” filmi katta taassurot qoldirdi

Kakaydi garnizonida “O‘zbek arsloni” filmining ta’sirli premyerasi o‘tkazildiKakaydi garnizonidagi...

Mehr-oqibat va saxovat — harbiy xizmatchilarga xos fazilat

Osmoni musaffo, turmushi farovon yurtimizda bayramlar doimo ko‘tarinki kayfiyat,...

Raqibini nokaut qildi

Angliyaning Manchester shahrida joylashgan “Co Op Live Arena” majmuasida...
KunTun
KunTun