“Chilpish” vaqti keldi

Date:

Tuproqqa jon kiritadigan ham, xirmonga yuqori hosil kiritadigan ham bu shubhasiz bobodehqondir. Uning samarali mehnati, jaziramada peshonadan ter to‘kib amalga oshiradigan chora-tadbiri ham hosilning sifatiga, cho‘g‘iga ijobiy ta’sir etishi tabbiy.

“Yerdan unumli hosil olaman, yuzim yorug‘, xaqlim dasturxoni to‘kin bo‘lsin” degan maqsad bilan ish ko‘radigan dehqon esa avvalo, “yer bilan tillashish”da agrotexnik tadbirlarni vaqtida qo‘llay olishi ham kerak. Mutasaddilar esa bu borada dehqon va fermer xo‘jaliklariga har qachon ko‘makka shay turishi lozim.

Ayniqsa, asosiy ekinlarimizdan hisoblanadigan g‘o‘za va paxta pavarishida yanada zakiyroq bo‘lish talab etiladi. Axir xalq ham, davlat ham bu borada dehqonga ko‘z tikib turibdi. Ular ko‘targan hosil mamlakat rivojida muhim sanalishi bor gapda.

G‘allaniku yig‘ib oldik, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Endi navbat gʻoʻzadan yuqori hosil olishga qaratilmoqda. Ayni damda ko‘kka qarab o‘rlayotgan g‘o‘za novdalarining tarvaqaylab ketmasligi, uning o‘rniga ko‘sak tugib, hosilga kirishi uchun g‘o‘zani vaqtida chilpish kerak bo‘ladi. Bu borada dalalarda ish qizg‘in.

Qumqo‘rg‘onliklar esa qishloq xo‘jaligida doim hoziru nozir turishadi. Har bir agrotexnik tadbirni vaqtida qo‘llashga kirishishadi.

Ayni shu maqsadda g‘o‘za maydonlarida chilpish (chekanka) qilish  tadbirlariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

Qumqoʻrgʻon tumani Nurmamat Mirzayev hududida joylashgan “Mirzo Olim” fermer xoʻjaligida Paxta-2022-yil hosilining agrotexnikasiga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. 

Gʻoʻzani oʻsuv nuqtasini chilpish (chekanka)qilish oʻz navbatida yuqori hosildorlikka erishishda oʻta muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Seminarda ayni jihatlarga eʼtibor qaratildi va kerakli maʼlumotlar berildi.

Mazkur tadbirni  oʻz muddatida va sifatli amalga oshirish borasida  tuman hokimi R. Gapparov, tajribali mutaxassislar T. Mamarayimov,  agronomlar, fermer xoʻjaliklari raislariga kerakli tavsiya va koʻrsatmalarni berishdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TARBIYADA ALLOMALAR MEROSI MUHIM

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash jamiyatning...

Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid soluvchi illat

Ma’lumki, joriy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev...

Sud tizimini raqamlashtirish: “Raqamli sud” konsepsiyasi

2025-yilda “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi. Ushbu konsepsiya sud...

Madaniy meros — millat yuragining ovozi

Madaniy merosni asrash — bu jamiyatning madaniy, tarixiy va...
KunTun
KunTun