Otabek grand sohibiga aylandi

Date:

O‘qish, izlanish, o‘rganish uchun harakatlar, albatta, o‘zining shirin mevasini bermay qolmaydi. Termiz tumani “Gulbahor” mahallasida yashovchi Otabek O‘rolovga bildirilgan ishonch o‘zini oqladi.
Otabek tarix fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadasida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirish bo‘yicha grand sohibiga aylandi. Albatta, jarayon oson kechmadi. Bilim-salohiyat bo‘yicha raqiblar ham bo‘sh kelmadi. Shukrki, ustunlik vohadoshimiz Otabek tomonda bo‘ldi.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida sovrindor yigitga 2 400 000 so‘m miqdorida pul mukofoti hamda maxsus imtiyozli sertifikat topshirildi.
Hushxabarning daragi tez tarqaladi. Bu quvonchli xabar nafaqat Otabekning ota-onasi va yaqinlarining ko‘nglini shod etdi, balki eshitgan ko‘ngilni quvonchga to‘ldirib, farzandlarining-da ana shunday muvaffaqiyatlarga erishishini istab qo‘llarini duoga ochganlar qancha. Ha, ana shunday iste’dodli va bilimli yoshlar safi ko‘payaversin.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun