Shoirga ehtirom

Date:

Ko‘ngil ba’zan she’r istaydi. Qalb tug‘yonlaringiz o‘qiyotgan she’ringizda tasvirlangan, xuddi shoir sizni yaxshi biladigandek, bashoratomuz she’r bitganga o‘xshaydi. O‘qiyverasiz, o‘qiyverasiz. Mutolaa zavqi ham, muhlislik ham ana shu onga tug‘ilgandek bo‘ladi. O‘zingizcha qadrdon daftaringizga ushbu she’rlarni muhrlab ham qo‘yasiz.

Ishonchim komil, atoqli shoir Shafoat Rahmatullo Termiziy ham ana shunday ijodkor, ana shunday she’rlar muallifi. Uning ijodiy namunalarini o‘qisangiz, albatta, qalbingizga yaqin misralar bilan do‘st tutinasiz. Chin muhlisga aylanasiz. Buni siz yoshlarga katta avlod vakillari aytib bersa, shoir bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashsa, she’rlaridan o‘qisa, albatta, ishonasiz. Termiz davlat universitetida Surxon vohasining atoqli shoiri Shafoat Rahmatullo Termiziyning 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan adabiy xotira kechasida ZOOM platformasi orqali O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri, shoir, xalqaro “Jenima” mukofoti sohibi Qo‘chqor Norqobil, shoir Shodmonqul Salom taniqli ijodkorlar ustoz shoir haqida iliq fikrlar bildirishdi. O‘tgan kunlarni, shoir bilan bog‘liq xotiralarni yodga olishdi.

Ahamiyatlisi shu bo‘ldiki, shoir faoliyat yuritgan ushbu oliy ta’lim muassasasining Axborot-kutubxona markazida Shafoat Rahmatullo Termiziyning xotirasini abadiylashtirish uchun xotira burchagi tashkil etildi. Adibning hayoti va ijod faoliyatidan namunalar joy olgan mo‘jazgina burchak adabiyot ihlosmandlari, she’riyatga oshno ko‘ngillar uchun ma’naviy xazina bo‘lib xizmat qilishi aniq.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun