Munosib sovg‘a

Date:

Esimda… talabalik yillarimda ko‘plab badiiy adabiyotlarni o‘qirdim. Ularning har biridan olam-olam bilim va ma’naviy ozuqa olardim. Keyinchalik turmush tashvishlari, ul-bul yumushlarga oshno tutinib, rosti kiotbdan biroz olislabman shekilli, faoliyatimda ham, hayotimda ham kitobning o‘rni bilinyapti, sezilyapti. Shunda angladimki, xuddikim texnikaga moy quyib turilmasa, u kun kelib yaroqsiz holga kelib qolganidek, kitob o‘qimay qo‘ygan odam ham firklashdan ortga chekina boshlaydi, miyasi “zang” bosib qola boshlaydi.

Shuning uchun ham kim bo‘lishidan, qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar har bir inson kitobga murojaat qilib turishi kerak, nazarimda. Buyuk rus shoiri aytganidek, “fikrlash orqali orttirilgan bilim haqiqiy bilimdir”. Kitob esa o‘sha sizu bizga kerak bo‘ladigan yangi va yaxshi fikrlarga eshik ochadi.

Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan oqilona siyosat tufayli kitob bilan bog‘liq hech bir muammoning o‘zi yo‘q. Chunki har bir muassasada, maskanlarda kitoblar limmo-lim. Faqatgina uni tomosho qilib o‘tish, soni va sanog‘i bilan qiziqish emas, uni o‘qish, uqish va hayotda orttirilgan bilimlarni qo‘llay bilish kerak xolos. Qolaversa, kitobni qadrlaydigan va sevib o‘qiydiganlar uchun kitob yetkazib berish ishlari ham vohada barvj.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi boshchiligida Termiz shahridagi Prezident maktabiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 63 nomdagi 250 ga yaqin badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Bu esa ilm ixlosmandlariga yaxshigina tuhfa bo‘ldi, albatta.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun