JSHSHIRni aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi

Date:

Faoliyat yuritayotgan tashkilotingizdan yoki davlat xizmatlaridan foydalanayotib so‘rov yuborayotganda JSHSHIR raqamini so‘rashadi. Qolaversa, OTMlarga onlayn hujjat topshirayotganda ham fotosurat yoki passport nusxasiga hojat yo‘q. Shunchaki JSHSHIR, pasport seriya va raqami kiritilsa kifoya.
Passport seriya va raqamini bilamiz va hatto yodlab olganmiz. Ammo, JSHSHIR (PINFL) nima va uni qanday aniqlash borasida o‘ylanib qoladiganlar ham yo‘q emas.
JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasport yangisiga almashtirsa-da, seriya va raqam o‘zgarar, ammo JSHSHIR o‘zgarmaydi (o‘ta kamdan-kam uchraydigan hollar bundan mustasno).
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 177-son qarori qabul qilinib, jismoniy shaxsning elektron talabnomasini shakllantirishni hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini berishni nazarda tutuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglament tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xorijiy davlatda doimiy yashaydigan chet davlat fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet davlat fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ishlari boshlanadi.

Xurshid Nuraliyev,
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Xo‘jalik faoliyati va

mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun