ISH HAQINI HISOBLASH AVTOMATLASHTIRILADI

Date:

2022-yil 1-maydan boshlab byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazish uchun xodimlar ro‘yxati (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining axborot tizimidan Markaziy bankning axborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining axborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-son qarori ayni shu maqsadni ko‘zlab qabul qilindi. Hujjat Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-fevraldagi qaroriga asosan qabul qilindi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab esa Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq ta’limi vazirligining tajribasi joriy etiladi. Qolaversa, byudjet tashkilotlarining byudjet so‘rovlari, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinib, ularni to‘liq elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno.

A. Xasanov,
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Moliya-iqtisod bo‘limi

bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun