Korrupsiyaga qarshi kurash – davr talabi

Date:

Indoneziyada korrupsiyaga qarshi kurash bolalar bog‘chasidan boshlab ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oladi. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar “korrupsiyaga qarshi to‘qqiz qadriyatlar” (halollik, mehnatsevarlik, jasorat, mas’uliyat, mustaqillik, adolat, intizom, kamtarlik, e’tibor) shakllanishini rag‘batlantiradigan tematik kitoblar (ertak va chiziq romanlari), stol va rol o‘yinlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash ruhida tarbiyalanadi. O‘rta maktab o‘quvchilari va talabalar uchun darslar an’anaviy tarzda ma’ruzalar, seminarlar, munozaralar shaklida o‘tkaziladi.

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammodir. Shu sababdan ham rivojlangan xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi va o‘z tajribasi bor. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Tahlillarga ko‘ra bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi va mamlakatimiz ham bu muammodan xolos bo‘lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali bu illat barham topmagan.

Korrusiyasining kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institut va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Afsuski, hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Shunday ekan, har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish strategiyasini o‘zi belgilaydi.

Shu o‘rinda, Prezidentimizning so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan joriy yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etildi. Bunda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladigan reyting baholash tizimi 2022-yil 1-fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan bo‘lsa, 2022-yil 1-iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

Sh. Eshqobilov,

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Xo‘jalik foliyati
va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bosh maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun