Samarali tizim imkoniyatlari

Date:

O‘z huquqlarimizni bilmaslik oyog‘imizga tushov bo‘lishi, hech bo‘lmaganda pand berib qo‘yishi bor gap. Jamiyat hayotimizda kundan-kunga o‘zgarishlar, yangiliklar bo‘layotgan bir paytda ularni kuzatib borish, xabardorlik ham huquqiy bilimlarimizni oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi 74-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni turli imtiyoz va qulayliklar yaratish bilan birga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning 34 turdagi kasalliklari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Shuningdek, aholiga yengillik yaratish uchun yuqoridagi xizmat turini tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘ildi. Bu borada Farmonda yetarlicha tushuntirish va izohlar berilgan bo‘lib, undan xabardor bo‘lish ham o‘zimiz-da bilmagan huquqlardan foydalanish imkonini beradi.
Xususan, murojaat qiluvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, murojaat qiluvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi. So‘rovnomani tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Murojaat qiluvchilar tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi yoki uni tasdiqlashning rad etilishi davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Murojaat qiluvchilar davlat xizmatlardan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
Murojaat qiluvchining so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, murojaat qiluvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 5 daqiqa mobaynida, YAIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. Vakolatli organ so‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot tizimlari orqali o‘rganadi va 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Bu haqidagi ma’lumot tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXPga (Yagona interaktiv davlat xizmatlari partali)ga elektron tarzda yuboriladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda ma’lumotda rad etish sabablari ko‘rsatiladi.


Akmal Babayarov,
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Rejalashtirish
va samaradorlikni baholash bo‘limi bosh maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun