QO‘RG‘ON QAYTA TIKLANDI

Date:

Oila ham bir qo‘rg‘on. Quvonch-u tashvishda ham faqat unga talpinamiz. Ona mehri ko‘ngillarni ilitsa, ota suyanch va tirgak bo‘ladi. Ota-ona uchun esa farzanddan-da qadrli, aziz ne’mat yo‘q. U ko‘z quvonchi, qalb taskini. U ertangi kunga umid va ishonch chirog‘ini yoqib turuvchi mayoq. Shukronalikni unutishdanmi, qadr-qimmat o‘z qiymatini yo‘qotganidanmi bu qo‘rg‘onga darz ketadigan holatlar ham uchraydi. Ajrimdan qoladigan yodgorlik esa tirik yetimga aylangan go‘dak. Sovuqlashgan nigohlar… mana ular farzandiga nima berishadi.
Qumqo‘rg‘on tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi ana shunday holatga kelgan oilalar bormi, joyiga borib o‘rganishga harakat qiladi. Oradagi munosabatni murosaga keltirishga, yumshatishga urinishadi. Suhbatlar, tushuntirish ishlarida muammolar o‘rtaga tashlanadi. Tushunmovchiliklar ochiqlanib, o‘rtadagi sovuqchilik arigandek, katta ko‘ringan g‘ov kichiklashib, oila atalmish qo‘rg‘onga dahl qila olmay qoladi. Qarabsizmi, muammo hal. Mutaxassislarning mohirligi, so‘zga chechanligi-yu, kayvoniligi, inson psixologiyasini yaxshi anglagan holda munosabatda bo‘lishi qo‘l keladi. Bu safar ham Uyas mahallasida ana shunday harakat sabab bir oila ajrim yoqasidan qaytarib olindi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun