“6 nafar aybdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan”

Date:

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining yo‘lga qo‘yilgani fuqarolar og‘irini yengil qilib, ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qo‘ygani haqiqat. Barcha shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar xalq manfaati uchun xizmat qiladi. Markazlar esa tezkor xizmat ko‘rsatishi bilan qulaylik yaratdi. Qolaversa, bunday xizmat ko‘rsatish tartibi korrupsion holatlarga chek qo‘yishi bilan ahamiyatli. Zero, har bir sohada xizmat ko‘rsatishning aniq vaqti va tartibi belgilab berilgan. Ammo, shunga qaramay mas’ul tashkilotlar tomonidan qoidalarni mensimaslik, qasddan buzish yoki e’tiborsiz munosabatda bo‘lish holatlari uchrab turibdi. Xolbuki, birgina ipoteka uylarini olishda subsidiya ajratilishini so‘rab ariza beruvchining murojaati bo‘yicha holatlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, belgilangan qonunchilik va tartibga muvofiq mas’ul tashkilotlar o‘n ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘rganib chiqib, YAIDXPga onlayn elektron shaklda ma’lumotlarni tasdiqlaydi va Komissiya talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar, mas’ul tashkilotlarning baholash natijalarini olgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Shu kabi fuqarolar murojaatiga befarq munosabatda bo‘lgan mas’ul xodimlarga esa o‘z vaqtida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda chora ko‘rilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan oyi davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini buzishga oid jami 133 ta qonunbuzilish holati aniqlangan bo‘lib, bu bo‘yicha mas’ul idoralarga 2 ta ogohnoma kiritilib, 6 nafar aybdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Bir so‘z bilan fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi qonunbuzilish holatlariga barham berish, yurtdoshlarimizni ko‘rsatilayotgan xizmatlardan mamnunlik tuyishlariga sharoit yaratish Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasining asosiy vazifasi sanaladi. Bu boradagi har qanday e’tiborsizlik va sansolarliklarga yo‘l qo‘yganlarga esa jazo muqarrar.

Ziyodulla Ortiqov,
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi

bo‘lim boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun