“Boshlang‘ich to‘lovsiz, subsidiya asosida uy olib beraman…”

Date:

“Uy olmoqchi bo‘lsangiz-u zumda mushkulingizni oson qilaman, ma’lum haq evaziga hujjatlaringizni naqdlab, subsidiya olib berishning ham yo‘lini qilib beraman” deydigan hojatbarorlarga duch kelsangiz, ishonmaslikni tavsiya qilardik. Sababi subsidiya va imtiyozli ipoteka krediti ma’lum mezonlar asosida olinishi, bu ishlarning izchilligi davlat xizmatlari asosida nazoratga olinganini bilmasligimiz pand berishi aniq. Haqiqatan ham bilmaymizmi yoki bilib turib qonunni buzib, uyli bo‘lishni istarmikanmiz… Bu tomoni bizga qorong‘i-yu, ammo fuqaro N.Norsoatov (ism shariflari o‘zgartirilgan) ko‘p qavatli uylardan olish maqsadida yurganida qarindoshi D.Shamsiyeva bilan gaplashib qolganida tanishi borligini, o‘zi ham ko‘p qavatli uy olishga xujjat qilib berishini aytib, N.Norsoatovni ham o‘ziga ergashtirib, Tursunpo‘lat ismli fuqaro bilan uchrashadi. Tursunpo‘lat o‘zini yuqori lovozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dastlabki to‘lovi yo‘q, subsidiya asosida ko‘p qavatli uylardan olib berishini aytib, xizmat xaqi evaziga 5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘i olishini aytadi. Pulni olgach, joriy yilning avgust oyiga qadar subsidiya shaklida ko‘p qavatli uylarni olib berishini aytib ishontiradi. Shundan so‘ng, fuqaro N.Qulsoatov firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslik hamda ta’magirlikni maqsad qilib, pul talab qilayotgan Tursunpo‘latga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘rab tegishli tashkilot organiga murojaat qiladi.
Arizaga asosan, Surxondaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, arizachi N.Norsoatovdan Tursunpo‘lat ismli fuqaro talab qilingan 5 million so‘m miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirib olinadi. Yaxshiyamki, firibgarning ovi baroridan kelmadi. Aks holda qanchadan-qancha uy olish istagida bo‘lgan fuqarolar chuv tushib qolishi mumkin edi…

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun