Yaxshilik savobsiz qolmaydi…

Date:

Ehson deganda kimgadir yordan ko‘rsatish, nimadir berishni tushunamiz. Aslida esa bu undan-da kengroq tushuncha. Ehson bir fazilatdir. U yaxshilik qilish, ezgulik ulashishdir. Bir o‘ylab ko‘raylik, kimgadir yaxshilik qilsak, og‘iri biz sabab yengil bo‘lsa, bizning ham ko‘nglimiz ravshan, ruhimiz xotirjamlik topadi.
Xayr-u sahovat ikki tomonning-da ko‘ngil uyini obod qiladi. Kimdir ezgu amalidan taskin topgan bo‘lsa, ikkinchi kishi ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlikdan quvonadi. Balki o‘sha ehsonga zarurati bordir. Davlat xavfsizlik xizmatining Ghegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ana shunday ezgu ishga qo‘l urdilar. Ular Qumqo‘rg‘on tumanidagi tog‘ etagida joylashgan olis manzil “Katta Sayhun” mahallasiga yo‘l olishdi. Mahallaning kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalari holidan xabar olishdi. Hol so‘rash bahonasida 20 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi.

Nochorlikda hayot kechirayotgan oilalar kutilmagan tashrif va ehsondan quvondilar. Qo‘llarini duoga ochib, sahovatpecha mehmonlarning duoi-jonini qildilar.
Unutmaylikki, har qanday yaxshilik va ehsonning mukofoti bor. Har bir ezgu amalimiz o‘n karra yaxshilik bilan o‘zimizga qaytishini ko‘plab rivoyatlar, ibratli qissalar, qolaversa, hayotiy voqelar isbotlab turgandek bo‘ladi. Shunday ekan, yaxshilik qilishdan to‘xtamaylik. Zero, dunyoda albatta yaxshilik savobsiz, yomonlik esa javobsiz qolmaydi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun