Hamyon

Date:

Bir kishi hamyoni yoʻqolganini payqab qoldi. Butun uyni qidirib, topolmagach, oʻgʻirlatdim degan xulosaga keldi. Soʻnggi paytlarda uyiga kelganlarni birma-bir xayolidan oʻtkazdi va oʻgʻrini “topdi” – u qoʻshnining bolasi. U aynan hamyon yoʻqolishi arafasida uyiga kirgandi. Undan boshqa hech kim bu ishga qoʻl urishi mumkin emas.
Odam koʻchada bolani koʻrib qolib, uning xatti-harakatlarida shubhali alomatlarni sezdi. Bola oʻzini olib qochishga urinar, koʻzlarini yashirar, bir soʻz bilan aytganda, har bir harakati oʻgʻriniki kabi edi. Lekin odamda ochiq-oydin isbot yoʻq, shu sababli nima qilishini bilmasdi. Har gal uchrashganida bola yanada aybdorroq koʻrinar, uning esa gʻazabi ortardi.
Nihoyat toqati toq boʻldi. Qoʻshninikiga kirib, bor gapni aytishga qaror qildi. Xuddi shu payt xotini suyunchilab qoldi:
– Qarang, dadasi, karavot tagidan nimani topdim, – dedi va yoʻqolgan hamyonni uzatdi.
Pullardan bir soʻm ham kamaymagan – hammasi joyida edi.
Ertasi kuni u yana qoʻshnining bolasini uchratdi: na harakati, na qiligʻi, na gap-soʻzi oʻgʻrinikiga oʻxshar edi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun