Zo‘ravonlik uchun javobgarlik bor?

Date:

Gender tenglik masalasi butun dunyo bo‘yicha bong urilayotgan bir paytda, afsuski, hamma oilada ham bunga jiddiy qaralayotgani yo‘q. Er o‘z ayoliga tazyiq ko‘rsatib, kaltaklashgacha boradigan holatlar ham bo‘ladi. Bunday holatlarda esa ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilishi va tegishli tartibda himoya orderi olishi mumkin. Bordi-yu tazyiq o‘tkazayotgan shaxs himoya orderi talablarini bajarmasa, unga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solinishi yoki 15 sutkagacha qamoqqa olinishi mumkin.

Qolaversa, qonunchilikka oilaviy zo‘ravonlik tushunchasi kiritildiki, bu bilan oilaviy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxsga nisbatan ma’muriy jinoiy javobgarlik belgilandi. Oilaviy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarimadan 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqacha ma’muriy jazo bilan javobgarlikka tortilishi mumkin. Shuningdek, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarimadan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun