TerDU magistranti “Texnofest”da g‘olib

Date:

Bugungidek axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda IT sohasiga qaratilgan e’tibor yoshlarning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun munosib imkon bo‘lib xizmat qilyapti. O‘z navbatida bu g‘oyalar sabab ko‘plab loyihalar aholiga qulaylik yaratayotgani ham haqiqat. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlarning muhandisli texnologiyalarga doir g‘oya va tashabbuslarini namayon etish hamda rag‘batlantirishga qaratilgan “Teknofest” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarining 80 dan oshiq talabalari o‘z loyiha va ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Taqdimot qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Muhimi, taqdimotga kelganlar ishtirokchilarning loyihalari bilan tanishib, bir olam zavq olishdi. Quvonarlisi, ushbu tanlovda Termiz davlat universitetining 2-bosqich magistranti Jahongir Eshonqulov o‘zining “Fotoelektrik tizim asosida ryukzak” loyihasi bilan ishtirok etdi va tanlov g‘olibi deb e’lon qilindi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun