Gulshan raqsda birinchi

Date:

Har qanday kuy va qo‘shiq, unga hamohang tarza ijro etiladigan raqs bilan bir butunlik kasb etadi. Hamma ijrolar ham ko‘ngilga manzur bo‘lavermaydi. O‘ziniki qilinmagan raqs beo‘xshov chiqadi. Shu sababdan ham ayni musiqani, qo‘shiqni his etib, dardini tushunib ijro etilsagina, tomoshabinga manzur bo‘ladi. Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida bo‘lib o‘tgan raqs tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan yosh raqqosalarning ijrosi ham ana shunday o‘ziga xos bo‘ldi.
Tanlovning milliy raqs yo‘nalishi bo‘yicha 10-15 yosh toifasida jarqo‘rg‘onlik ishtirokchi Gulshan Boltayeva o‘zining ajoyib va betakror raqsi bilan barchaning e’tiborini, mehrini qozondi. Bu esa besamar ketmadi, Gulshanning nafis harakatlari eng yuqori natija qayd etishiga, tanlovda 1-o‘rinni olib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun