Quyoshdan saqlaning!

Date:

Kunlar isigandan isigan. Ishxonamiz yoki uyda o‘tirsak-ku, issiq sezilmasligi mumkin. Ammo, ishi yuzasidan ko‘chaga tez-tez chiqishimizga to‘g‘ri kelsa, ana shundagina oftobning tig‘ida issiq urishi hech gap emas. Bu esa sog‘ligimizga xavf tug‘irishi aniq. Yozda quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqmaydiganlarda katarakta paydo bo‘lish xavfi oshadi. Shunday ekan, ko‘zoynak taqish eng yaxshi himoya vositasidir.
Qolaversa, mutaxassislarning ta’kidlashicha, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqmaslik yoki sifatli past ko‘zoynak taqish ko‘z tuzilmalarida ultrabinafsha nurlarning asta-sekin to‘planishiga olib keladi. Bu esa ko‘p miqdordagi erkin radikallarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Natijada, oqsil birikmalari va ribonuklein kislotasining yo‘qolishi yuz beradi. Oqibatda ko‘rish o‘tkirligi pasayib, turli kasalliklar yuzaga keladi.
Ultrabinafsha nurlarining ta’siri natijasida esa quruq ko‘z sindromi, makulodistrofiya (to‘r pardaning shikastlanishi va markaziy ko‘rishning buzilishi), fotokeratit (shox pardaning yallig‘lanishi), ptergium (shox pardaning markaziy qismida shaffof bo‘lmagan konyunktiva to‘qimalarining o‘sishi) va katarakta kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yaxshi ko‘rganimni endi tushundim”

Men “Surxon tongi” gazetasini uzoq yillar sirtdan bilganim bois,...

Mahorati bir maktab edi…

Har doim ishxonaga kirayotib yoki tushlikka chiqqandami tez-tez Usmonali...

Mohir jurnalist, yaxshi inson edi…

Uzoq muddatli issiq, jaziramadan so‘ng, nihoyat, oltin kuz fasli...

Tabiatni asragan — kelajakni asraydi

Insonning tabiat bilan boʻlgan rishtalari qadimdan uzilmagan. Yerning bagʻridan...
KunTun
KunTun