861 ta saylov uchastkalarida komissiya tarkibi tasdiqlandi

Date:

Demokratik davlatlarda xalqning xohish irodasi, o‘zi munosib deb topgan nomzodni yoqlab ovoz berishi orqali “Yurt otasi” saylanishi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan. Xuddi shuningdek, bizda ham. Ayni damda katta siyosiy jarayon kechmoqda. Sababi, Prezidentimizning 2023-yil 8-maydagi “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan 2023-yil 9-iyul kuni muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilishi belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun saylov kompaniyasi 10-maydan boshlanishi e’lon qilinganligidan ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak. Mavjud 5 ta siyosiy partiyadan to‘rt nafar nomzod bu yilgi saylovlarda Prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan. Hududlarda muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari tashkil etilgan bo‘lib, ishlar qizg‘in pallaga kirgan.


Viloyatimizda 861 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni damda saylov uchastkalari komissiya tarkibi tuzilmoqda. Bu haqda muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 9-Surxondaryo okrugida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda batafsil ma’lumot berildi. Unda muddatidan ilgari Prezident saylovini oʻtkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi raisi oʻrinbosari Rasul Toʻrayevning axboroti tinglandi.
Okrug hududida ham muhim bu jarayonga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Jumladan, Saylov kodeksining 10-moddasiga koʻra, saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tuman, shahar, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylari, kasalxona va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalari tuziladi.
Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududda tuzilgan 861 ta uchastka saylov komissiyasi tarkibini koʻrib chiqib, tasdiqlandi. Saylov kodeksining 23-moddasida uchastka saylov komissiyasini tuzish tartibi belgilangan. Shunga muvofiq, uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining majlislarida muhokama etilgach, tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.


Mazkur majlislar tavsiyasiga asosan, okrug hududidagi muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov uchastkalari a’zoligiga 9 ming 663 nafar obro‘-e’tiborga ega, saylov qonunchiligidan yaxshi xabardor faol fuqarolar jalb etilmoqda. Ularning asosiy qismi ilgari saylovlarda ishtirok etib, yetarli tajriba toʻplagan. Uchastka saylov komissiyalari a’zolari asosan ta’lim tizimi, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat idora va muassasalari, nodavlat notijorat va boshqa nodavlat tashkilotlar vakillaridir. Ular pedagog, shifokor, huquqshunos, iqtisodchi, muhandis va boshqa soha mutaxassislaridan iborat tarkibda tashkil etilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda viloyatda yashayotgan turli millat vakillari va gender tenglikka ham alohida e’tibor qaratilganligi quvonarli.
Milliy saylov qonunchiligimizga koʻra, endilikda hududda tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari tarkibi matbuotda chop etiladi. Ularning Saylov kodeksi doirasida faoliyat yuritib, 9-iyulda boʻlib oʻtadigan muddatidan ilgari Prezident sayloviga puxta tayyorgarlik koʻrishi uchun seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazilishi ham belgilab olingan. Shuningdek, ularga okrug komissiyasi a’zolari yaqindan yordam beradi.

861 ta saylov uchastkasida 9 ming 663 nafar azo faoliyat yuritadi. Ularning 7 ming 619 nafari referendum va ilgari saylovlarda ishtirok etgan fuqarolardir. Saylov komissiyalarida ishtirok etayotganlarning 4 ming 688 nafari yoki 48 foizi xalq ta’limi xodimlari, 2 ming 44 nafari yoki 21 foizi referendum va ilgargi saylovlarda qatnashgan faol yoshlardir. Okrug komissiyasi har bir nomzodni oʻrganib, tegishli qaror qabul qilindi. Shuningdek, yigʻilish yakunida OAV vakillari uchun brifing oʻtkazildi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun