Harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

Date:

Uy — kichik bir vatan. Doim talpinadigan, halovat topadigan, murg‘akkina qorako‘zlar intiqlik ila kutadigan makondir uy. Imorat solib, uy qursak, yangi uy sotib olsak, o‘sha kun eng baxtli damlarimiz kabi xortiralarimizda muhrlanadi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qo‘mondonligining Xayrabod garnizoniga qarashli harbiy qism xizmatchilari va ularning oilalari uchun 30 xonadonli yangi uylarning kalitlari topshirilgani ko‘ngillarni quvonchga to‘ldirdi.
Aslida uyli, vatanli bo‘lish katta shodiyona. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbir ham bayramga aylanib ketdi. Denov tuman xokimi A. Allamuradov, Janubiy operativ qo‘mondonlik boshlig‘i polkovnik P. Sativaldiyevlar o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, yangi uylarning kalitlarini tantanali tarzda o‘z egalariga topshirdilar.
Yangi uyda barcha shart-sharoitlar muhayyo. Xonalar keng, yorug‘ va shinam. Zamonaviy usulda jihozlangani yanada qulaylik yaratadi. Ajoyib maydoncha esa bolajonlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi deyish mumkin.

S.NORMURODOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘chalar yopiladimi?

Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq havo sharoitida aholi salomatligi, ayniqsa,...

Safda ham, ta’limda ham ildam

Mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’lim olish istagini qo‘llab-quvvatlash, ularga teng...

Salomatlik birinchi o‘rinda

Chegaraoldi hududlarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlariga yechim topish...

Bilimi-yu iqtidori imtihonda namoyon

Oliy ta’limga qabul jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, iqtidorli...
KunTun
KunTun